Ob-havo biroz sovuşi bilan Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarida har yili kuzatiladigan holat boşlandi. Yana öşa – elektr ta'minotidagi muammolar. Yana çeklovlar joriy etildi.
Murojaatlar turfa...
«Muxbir aka, Töraqörğonda 6 noyabr kuni 7 soat tok berişdi. Kasallar va qariyalarga qiyin bölyapti»...
«Namangan şahri Boburşoh köçasida 5 noyabr kuni kunduzi soat 11lardan boşlab 15gaça tok bölmadi, 6 noyabr kuni esa Marğilon köçasida kunduzi tört marta öçib yondi. Xuddi svetoforning özi».
«Çimyondanman. Elektr bir kunda 10 marotaba öçdi. Aholining qarzdorligi bölmasa, nega öçirişadi?»
«Tadbirkorman. Andijonning Buloqboşi markaziga sutkaning yarmida tok berişmayapti. Elektr tarmoqlariga telefon qilsak, «Çeklov boşlangan», deyişdi. Biznesimiz nima böladi?»
«Buvayda tumanining Oqqörğon qişloğida sutkaning yetti soati davomida tok yöq. Qiynalib ketdik...»
Aholining bu kabi arzlari – bu yil ötgan yildan ham ahvol yomonlaşganidan darak.
Energetiklar ötgan yillar davomida elektr energiyasidagi uzilişlarga dadil fikr bildirişar edi. Eng işonarli bahonalar – «Aholining elektrdan qarzi köp, noreal qarzdorlik oşib ketgan», «Töraqörğon IES işga tuşsa, yaxşi bölib ketadi».
Qarangki, aholidan elektr haqini MIB qurutdek sanab olyapti. Töraqörğon IES ham işga tuşgan. Biroq, noyabr oyining birinçi haftasidan boşlab, yana öşa eski muammoga duç kelindi.
Uç viloyatning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari nima deydi?
Farğona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan boğlanib, mutasaddilardan quyidagi javobni oldik:

«Ob-havoning keskin pasayib ketişi natijasida sönggi kunlarda iste'molçilarning elektr energiyasiga bölgan ehtiyojlari ortib bormoqda. Jumladan, birgina Farğona viloyati böyiça noyabr oyining ilk kunlariga nisbatan keyingi ikki kun davomida kunlik elektr energiyasi iste'moli hajmi örtaça 1,9 mln kVt/s ga, yoki 70-80 mVt quvvatga ösişi kuzatildi. Bu holat energotizimda quvvat tanqisligiga olib keldi.
Energotizimning barqaror, işonçli rejimda işlaşini ta'minlaş maqsadida «Milliy elektr tarmoqlari» AJ dispetçerlari tomonidan berilgan topşiriqlarga asosan elektr ta'minotida çeklovlar joriy etildi. Lekin korxona tasarrufidagi elektr tarmoqlarda nuqsonli (avariyali) öçişlar kuzatilmadi».



















