Har bir işning rivojiyu, tanazzuli, eng avvalo, insonning niyatiga boğliq. Niyat boşdanoq yaxşi bölsa albatta boşlangan iş ham xayrli yakun topadi. Agarda niyat yomon bölsa, garçi u köngildagina tuğilgan taqdirda ham har qanday yumuş parokandalikka uçraydi. Şu sababli ham muqaddas dinimizda “taqvoning kaliti niyat”, deb aytiladi.

Gapni uzoqdan aylantirib kelişimning boisi, körganlarim, bilganlarimni yozişda, fikr bildiriş avvalida, könglimizda nima niyat borligini oçiq aytiş böldi. Niyat xolis. Yozilganlar, körsatilganlar sabab bir muammo hal bölsa-yu, odamlar xuşnud bölişsa bas.

Mamlakatimizda sönggi yillarda amalga oşirilayotgan obodonlaştiriş işlari tahsinga loyiq. Ammo bu işlar aksariyat hollarda markazlarda amalga oşirilyapti. Çekka joylar esa rahbarlar nigohidan çetda qolib ketyapti. Tasvirlarda körib turganingiz Qarşi şahridagi Nasaf köçasi ham şular jumlasidan. Bu köçada juda köp korxona va taşkilotlar bor. “Osiyo” avtomobil ehtiyot qismlari bozori, maşina bozori, yoğoç va boşqa quriliş mollari bozori şular jumlasidan. Bu bozorlarga kuniga minglab odamlar, avtomobillar kelib ketadi. Ammo köçaning ahvoliga “maymunlar yiğlaydi”.

Kuz-qiş mavsumi yaqinlaşgani sari bu yerda işlovçilarning ham, kelib-ketuvçilarning ham yuraklari bezillaydi. Çunki yoğingarçiliklar bomba tuşgandek önqir-çönqir bölib yotgan köçani botqoqqa aylantirib taşlaydi. Maşinangiz ğildiragi qaysi çuqurda tiqilib qolişini faqatgina taxmin qilişingiz mumkin. Piyodalar yurişi uçun esa umuman şaroit yöq. Göyo bu köça odam yurişiga möljallanmagandek taassurot uyğotadi odamda.

Bu yerdagilarning aytişiça, qaysidir yili köçani asfalt qiliş harakati boşlangan. Uning bir tomoniga şağallar ham tökilgan, ammo nimadir sabab bilan iş birdan töxtagan va öşa-öşa siljimay yotibdi.

Gapni köp çözmadik, yuqorida aytganimizdek, yaxşi niyat qildik xolos. Maqsad bitta, Qarşi şahar mutasaddilari bu şöring qurğur köçaga nurli nazar  taşlaşsa ajab emas.  

Mansur Rixsiyev, jurnalist.