Özbekiston Içki işlar vazirligining tergov departamenti tomonidan “Korean and Migration xususiy bandlik agentligi” MÇJ rahbar şaxslariga nisbatan jinoiy iş qözğatildi. 

Içki işlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, Janubiy Koreya fuqarosi Kang Namkyu jinoiy işda gumonlanuvçi sifatida ötmoqda. 

Tergov departamenti uşbu şaxsning jinoiy harakatlaridan jabr körganlarga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişni söraydi: (+99871) 231-31-98, (+99871) 231-36-22, (+99871) 233-65-34.

Avvalroq Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” litsenziyasi amal qilişi töxtatilgani ma'lum qilingandi. MÇJ direktori va yana ikki fuqaroga Özbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “A” bandi böyiça ayblovlar qöyilgan.