Ruminiyada 10 noyabrda prezident saylovlarining birinçi turi bölib ötadi.
Şu munosabat bilan mamlakatda soat 7dan boşlab 18 mingdan köproq saylov uçastkasi işlay boşlaydi. Mamlakatning 19 mln kişisi ovoz beriş huquqiga ega.
Agar nomzodlardan birortasi köpçilik ovoz töplay olmasa, unda 24 noyabrda eng köp ovoz töplagan 2 nomzod iştirokida 2-tur bölib ötadi. Ruminiya prezidenti 5 yillik muddatga saylanadi.
Eng oliy lavozimga 14 nomzod, jumladan amaldagi prezident, 60 yoşli Klaus Yoxannis da'vogarlik qilmoqda. Aynan u saylovlarning yetakçisi hisoblanadi.












