Tehron 10 noyabrda Eron janubidagi Buşer atom elektr stansiyasining ikkinçi energoblokini qurişni boşladi. Bu haqda Eron atom energiyasi taşkiloti rahbari Ali Akbar Salohiy ma'lum qildi.  

Eron bu obektni uranni boyitiş uçun sabablardan biri deb hisoblaydi. Eron bilan yadro kelişuvida uranni boyitiş darajasi çeklab qöyilgandi.
 
“Bu majburiyatlarga amal qilmaslikni biz boşlamadik”, deb aytgan Salohiy va yadro kelişuviga amal qilmaslik uçun javobgarlikni AQŞ zimmasiga yuklagan. 
 
Yangi blokning quvvati 1000 MVtni taşkil qiladi va uning qurilişi 2025 yilda yakunlanişi kerak.
 
Buşerdagi AES uçun Rossiyada işlab çiqarilgan uran qöllanadi. Ayni vaqtda bu jarayon Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik nazoratiga olingan. Biroq Eron uranni yadro kelişuvida belgilangan 3,67 foizdan köproqqa, ya'ni 4,5 foizga boyitganini ta'kidlamoqda.