Oliy Majlis Qonunçilik palatasida “2020 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Unda belgilangan har bir norma muhokama etilib, tegişli taklif va tavsiyalar bildirmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan respublika budjeti Oliy Majlis tomonidan, mahalliy budjetlar esa, joylardagi mahalliy Kengaşlar tomonidan qabul qilinadi. Xarajatlar sohalar böyiça emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi.
Deputatlar ta'kidlaganidek, hayotga joriy etilayotgan yangi amaliyotning yana bir öziga xos jihati – markazlaşgan budjet siyosatidan bosqiçma-bosqiç voz keçişdir. Masalan, mahalliy budjetlar daromadini mustahkamlaş maqsadida avtomototransport vositalarini röyxatdan ötkaziş yiğimlari mahalliy budjetga ötkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini körsatiş uçun aksiz soliği tuşumlari aholi sonidan kelib çiqib, hududlar örtasida qayta taqsimlanadi. Qöşimça qiymat soliği va yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği böyiça prognozdan orttirib bajarilgan qismi töliq hududlarda qoldiriladi.
Bugungi kunga qadar mahalliy hokimliklar öz budjetini qabul qilişda heç qanday vakolatga ega emas edi. Qaysi bir taşkilotga ajratilayotgan mablağlar yetişmasligini yoki ortiqça ekanligini bilsa ham uni özgartiş imkoni yöq edi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasida mahalliy budjetlarning daromadlarini soliq turlari böyiça hamda xarajatlarini budjet taşkilotlari kesimida özlari belgilaşi öz aksini topgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari özlariga tegişli bölgan budjetni qabul qilişdagi haqiqiy mustaqilligi ta'minlanadi. Bu, albatta, har bir davlat organining vakolatini kengaytiriş bilan birga, mas'uliyatini ham oşiradi.
Parlament quyi palatasida qonun loyihasi takomillaştirilmoqda, deyiladi Qonunçilik palatasi xabarida.












