Toşkent şahar hokimligi qoşidagi jamoatçilik kengaşi öz işini davom ettiradi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Jamoatçilik kengaşi iyun oyida öz işini vaqtinça töxtatgan edi. 8 noyabr kuni Diyor Mirzaahmedov raisligida kengaş yana yiğilgan. Birinçi yiğiliş taşkiliy-axborot tarzida ötkazildi. 

“Yangilangan kengaşning işi şahar uçun foydali bölgan aniq loyihalarni işlab çiqiş hamda hokimiyat faoliyatining turli yönalişlarida ekspertlik kömagini berişga yönaltiriladi. Birinçi yiğilişda texnik jarayon masalalari muhokama qilindi – komissiyalar tarkibi, jamoat kengaşiga a'zo böliş/a'zolikdan çiqiş reglamenti va boşqa joriy masalalar körib çiqildi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, joriy yilning iyul oyi oxirida tadbirkor Hikmat Abdurahmonov Toşkent şahar hokimligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi raisi lavozimidan ketgandi.