«Andijonning erka şoir öğli, vatan kuyçisi Şarofiddin Boltaboyevga yurtni madh etuvçi şe'rlari uçun viloyat hokimining qimmatbaho sovğasi, yengil avtomaşina topşirildi», deyiladi Andijon viloyat matbuot xizmati xabarida.
Şoir bu yilgi paxta mavsumining ilk kunlaridan özi tuğilgan Andijon viloyatining Qörğontepa tumani dalalarida terimçilar bilan birga paxta tergan.

Qörğontepa hokimligi matbuot xizmatining feysbukdagi sahifasida yozilişiça, şoir taşrifining ilk bosqiçini Qörğontepa tumani hokimi Avazbek Ergaşev bilan bölgan uçraşuvdan boşlab, butun Andijon viloyati böylab ham şe'rlari orqali, ham amaliy kömagi bilan haşarçilarga qöllab-quvvatlaş uçun, dastlab özi tuğilib ösgan Qörğontepa tumanidan safarini boşlaş istagi borligini, Andijon viloyatining paxta sotiş rejasi bajarilmaguniça Toşkentga qaytmasligini suhbat jarayonida va şe'riy satrlarida bayon qilgan edi.

«Şoir paxta dalalarida tuşlik payti bölgan vaqtlarda, haşarçi paxtakorlar nomidan yozilgan,
Şahdi ötkir qiliçdan,
Şuhrat Qöşaqboyeviçdan,
«Ravon» olgim kelyapti,
Paxta tergim kelyapti!
kabi misralarni öz içiga olgan yangi şe'rlarini öqib eşittiriş bilan birga, paxta dalasiga kirib tumanimiz hamda viloyatimiz xirmoniga amalda hissa qöşişga ham ulgurdi», deyiladi tuman hokimligi matbuot xizmati xabarida.




















