Özbekiston Respublikasi prezidenti “Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.

Hujjat Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 oktyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 11 oktyabrda ma'qullangan.

Özbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Prokuratura töğrisida”gi 746–XII-sonli Qonuni 10-moddasining (Prokuratura organlarining tizimi) ikkinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va Majburiy ijro byurosi, şuningdek ularning joylardagi bölinmalari faoliyat körsatadi”.

Uşbu moddaning ikkinçi qismi şu paytgaça quyidagi tahrirda edi:

“Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti, Majburiy ijro byurosi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanişi ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi, şuningdek ularning joylardagi bölinmalari faoliyat körsatadi”.

18-2-modda (Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanişi ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi hamda uning hududiy bölinmalari) çiqarib taşlandi.

46-modda quyidagi tahrirda bayon etildi:

“46-modda. Prokuratura organlarining içki xavfsizligini ta'minlaş bölinmasi

Özbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzilmasida prokuratura organlarining içki xavfsizligini ta'minlaş bölinmasi tuziladi.

Prokuratura organlarining içki xavfsizligini ta'minlaş bölinmasi prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeini suiiste'mol qiliş, korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boşqa nojöya xatti-harakatlar töğrisidagi ma'lumotlar böyiça xizmat tekşiruvlari ötkazadi, prokuratura organlarida içki xavfsizlikni ta'minlaş sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Boş prokuratura hay'atining qarorlari, Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining buyruqlari, farmoyişlari va körsatmalari sözsiz ijro etilişini ta'minlaydi”.

50-moddaning uçinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi öttiz kalendar kundan iborat haq tölanadigan yillik ta'til beriladi. Ön yildan ortiq iş stajiga ega bölgan prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi beş kalendar kun, ön beş yildan ortiq iş stajiga ega bölganlarga davomiyligi ön kalendar kun, yigirma yildan ortiq iş stajiga ega bölganlarga esa davomiyligi ön beş kalendar kun qöşimça ta'til beriladi”.