Adliya vazirligi aholining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş maqsadida «Huquq bilimdonlari» tanlovini ötkazmoqda.
1 noyabrdan boşlangan tanlov 3 bosqiçda bölib ötadi. Ğoliblar yangi yil arafasida e'lon qilinadi.
Ğoliblarga quyidagi sovğalar topşiriladi:
1-örin – "Spark" avtomaşinasi;
2-örin – Malayziyaga 2 kişilik yöllanma;
3-örin – iPhone 11 PRO.
Bundan taşqari, birinçi bosqiç ğolibiga alohida qimmatbaho sovğa ham beriladi.

Tanlovning birinçi bosqiçi 1-30 noyabr kunlari bölib ötadi. Bu vaqt davomida iştirokçilar Telegram'dagi @huquqiyaxborot kanaliga belgilangan tartibda döstlarini qöşişlari kerak. Kanalga eng köp obunaçi qöşgan 500 nafar iştirokçi tanlovning 2-bosqiçiga ötadi.
1-bosqiç şartlari bilan batafsil bu yerda tanişiş mumkin.
2-bosqiçga çiqqan 500 qatnaşçi 30ta savolga javob berişi kerak böladi. Savollar "Huquqiy axborot" kanalida berilgan ma'lumotlarga asosan tuziladi. Testdan muvaffaqiyatli ötganlar 3-bosqiç – finalda iştirok etadilar.
Tanlov bilan boğliq savollarga @huquqbilimdoni_aloqabot boti orqali javob oliş mumkin.
Eslatma: oliy yuridik ma'lumotga ega, şuningdek adliya organlari va muassasalari xodimlari hamda ularning yaqin qarindoşlarining tanlovda iştirok etişi taqiqlanadi.











