Ferrari kompaniyasi özining Roma deb atalgan yangi modelini taqdim etdi. Superkar Italiya poytaxti Rim şarafiga şunday atalgan. 

Ferrari Roma Rimda mijozlar uçun taşkillaştirilgan maxsus tadbirda taqdim etilgan. Yangi kupeda futuristik dizayn va yuqori körsatkiçlar uyğunlaşgan.

Foto: ferrari.com

Maşinaning uzunligi 4656 mm.ni, eni 1974 mm.ni, balandligi 1301 mm.ni, ğildiraklar orasidagi oraliği 2670 mm.ni taşkil qiladi. Roma 1472 kg oğirliqda bölib, u Ferrari 250 GT Berlinetta Lusso va 250 GT 2+2 modellaridan ilhomlanib yaratilgan.

Foto: ferrari.com

Superkar 4 yil qatorasiga “Yil dvigateli” deb tan olingan 3,9-litrli V8 motori bilan jihozlangan. U 620 ot kuçini beradi.

Foto: ferrari.com

Dvigatel 8 poğonali uzatmalar qutisi DCT bilan birgalikda işlaydi. Maşina joyidan 100 km/soat tezlikka 3,4 soniyada, 200 km/soat tezlikka esa 9,3 soniyada erişa oladi, maksimal tezligi 320 km/soatni taşkil qiladi.