Haqiqiy ranglar, II avlod a7 aqlli protsessori, 4K Cinema hamda Dolby Vision & Atmos, ovozni aniqlaş va kontekstli buyruqlar funksiyasi.

«Bugungi kunda dasturxonning asosiy bezagi nima? – Televizor!» - barça davrlar va xalqlar uçun hurmatli Peçkin uning bu sözlari qançalik başoratomuz bölişini xayoliga ham keltirmagan. Zamonaviy texnologiyalar tufayli suyuq kristalli döstlar zamonaviy kvartiralar va uylarning içki dizaynidagi markaziy elementga aylanmoqda. Boşqa barça xususiyatlar haqida gapirmasdanoq. Zero, nima uçun «gapirmasdanoq»? Keling, gapiraylik...

Buning ustiga, LG kompaniyasi mutaxassislari NanoCell televizorlarining yangi modelini taqdim etib, EISA marosimida «Yevropaning 2019-2020 yildagi Smart-televizori» toifasida ğolib bölib, iste'molçilar elektronikasi böyiça dunyoning eng yirik naşrlari assotsiatsiyasidan ketma-ket ğalabalarini davom ettirdi.

NanoCell televizorining asosiy xususiyatlari – bu haqiqiy ranglar, II avlod a7 aqlli protsessori, 4K Cinema hamda Dolby Vision & Atmos, ovozni aniqlaş va kontekstli buyruqlar funksiyasi hamda öziga xos noyob Nano-rom – tasvirdan atigi 1 sm. Bularning barçasi iste'molçi haqiqatan aqlli, sifatli va eng muhimi, hayot, dam oliş va öyin-kulgi uçun gözal texnikaga ega bölişini anglatadi.

Mukammal televizor özining RGB diapazondagi ranglarning tiniqligi va a'lo darajadagi tasvir sifati bilan taassurot qoldiradi va yorqin, jonli ranglar sizni ekranda bölayotgan tasvirga ğarq qiladi. Bu qanday keçadi? Maxsus nano-zarralar xira jilolarni yoritib, rangni tozalovçi rolini öynaydi. Şunday qilib, ekranning ranglarni uzatiş sofligi oşadi va ranglar diapazoni kengayadi. Bunda rang aniqligi siz qayerda bölsangiz ham – televizorning yon tomonida, pastki qismida yoki hatto yuqorisida bölsangiz ham özgarişsiz qoladi – tasvir doimo «mazali» va juda real bölib qoladi.

Agar siz 4K Cinema texnologiyasining nozik jihatlarini bilmasangiz, u holda dastlabki ma'lumot uçun bu ekrandagi piksel ziçligining körsatkiçi ekanligini tuşunişingiz kifoya qiladi. Ya'ni, siz ekrandagi tasvirni ranglarning eng kiçik tafsilotlari va soyalariga qadar maksimal darajada aniq körasiz. Agar oddiy televizor rang gammasining bir qismini «yeb qöysa», 4K funksiyasi bölgan televizor odamlarning nafaqat rangni, balki yoruğlikni qanday qabul qilişlariga imkon qadar yaqinroq tasvirni uzatadi.