Turkiya prezidenti va uning rafiqasi Amina Erdöğanni Oq uyda AQŞ prezidenti Donald Tramp va birinçi xonimi Melaniya Tramp kutib olişgan.
Ikki yetakçining Oval xonadagi uçraşuvi Toşkent vaqti bilan soat 22.13da boşlangan.
Tramp muzokaralarni oçib berar ekan, uzoq vaqtdan beri Erdöğan bilan döstona munosabatlarda ekanini ta'kidlab ötgan.
AQŞ prezidenti turkiyalik hamkasbiga “Suriya-Turkiya çegarasidagi vaziyat böyiça kelişuvga erişilgani” uçun minnatdorlik bildirgan va Anqaraning IŞIDga qarşi kuraşdagi hissasiga yuqori baho bergan.
Tramp Turkiya va AQŞning Suriya şimolida öt oçişni töxtatiş kelişuviga amal qilinayotganini qayd qilib ötgan.
“Biz Turkiyaning muammolarini [YPG-PKK bilan] tuşunamiz. Biz muhokama qilayotgan mintaqada köp odam halok böldi. Biz bu borada biror çora körişimiz lozim”, deb qöşimça qilgan AQŞ prezidenti.
Tramp AQŞ Suriyada neft olinuvçi hududlar xavfsizligini ta'minlaş uçun çeklangan miqdorda harbiylarini qoldirganini ta'kidlab ötgan.
“Biz siz bilan ilk kunlardanoq döstmiz va bir-birimizni yaxşi tuşunamiz. Siz bilan uçraşuv biz uçun katta şaraf”, deb aytgan Tramp Erdöğanga.
AQŞ prezidenti Vaşington Turkiya bilan savdo aylanmasini 100 mlrd dollarga oşirişga tayyorligini ma'lum qilgan. “Bugungi kunda AQŞ va Turkiya örtasidagi savdo aylanmasi 20 mlrd dollarni taşkil qiladi. Biz bu körsatkiçni yiliga 120 mlrd dollargaça yetkaza olişimizga işonaman”, deb aytgan Tramp.
Erdöğan öz navbatida barça masalalarga Tramp bilan muzokaralar natijalari böyiça ötkaziladigan matbuot anjumanda izoh berişga va'da bergan.












