Xalqaro valuta jamğarmasining fikriça, Özbekistonning xorijiy investitsiyalarga oçilgani Markaziy Osiyoda «soğlom raqobat»ni keltirib çiqarişi mumkin.
XVJning Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti direktori yordamçisi Mark Xortonning seşanba kuni Qozoğiston poytaxti Nur Sultonda bergan intervyuda ma'lum qilişiça: «Özbekiston ijobiy investitsiyalar böyiça Qozoğistonning raqobatçisiga aylanadi». Raqobat «ikkala davlatni ham şaffoflik, öz siyosati va işbilarmonlik muhitini yaxşilaş uçun köp harakat qilişga majburlaydi».
Özbekistonning bir neça yillik izolyatsiyadan keyin çet el sarmoyalariga oçilgani Qozoğistonning Markaziy Osiyoning iqtisodiy markazi mavqeiga tahdid solmoqda. Özbekiston aholisi 33 million kişini taşkil etadi, bu Qozoğiston aholisidan bir yarim baravar köp, ammo, XVJ ma'lumotlariga köra, mamlakat iqtisodiyoti uç baravar kamdir.
Xortonning sözlariga köra, Özbekiston rasmiylariga XVJning siyosiy maslahatlari va texnik yordami kerak, mamlakat qisqa muddatda juda murakkab va keng kölamli islohotlarni boşladi.
Xortonning sözlariga köra, Özbekiston katta bozorga ega va iqtisodiyoti har tomonlama rivojlangan, ayniqsa sanoat sektori salohiyatli, şuning uçun u har jihatdan Qozoğiston bilan raqobatlaşişga majbur bölmaydi. Mamlakat Qozoğistonning xorijiy sarmoyalarni jalb qiliş borasidagi tajribasidan foydalaniş yöllarini izlaşi kerak hamda har ikki davlat hamkorlik va özaro sarmoyalar uçun oçiq bölişi lozim, deya qöşimça qildi u.
Qozoğiston Iqtisodiyot vazirligining ma'lumotlariga köra, Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi özaro savdo hajmi 2016 yildagi 1,5 milliard dollardan 2018 yilda 2,5 milliard dollargaça oşgan.












