Sababi aynan Vadim Abramov va Erve Renar shogirdlari o‘rtasidagi o‘zaro bahslarda guruh g‘olibi aniqlanishi kutilmoqda. Vakillarimizning g‘alabasi guruhdagi asosiy ta'qibchimiz Saudiyani 4 ochkoga ortda qoldirish imkoniyatini bersa, arablarning muvaffaqiyati peshqadamlikni ularga tortiq etadi.

JCh-2022 saralash bosqich uchrashuvi.
«D» guruhi. 5-tur. 14 noyabr (payshanba)
O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni
Toshkent, «Paxtakor» stadioni.
Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)
O‘yin boshlanish vaqti: 17:00.
TV-translatsiya: «Sport», «Saudi Spors HD»
O‘zaro o‘yinlar tarixi: 11-to‘qnashuv
So‘nggi 10 yillikda Osiyoning top-10 terma jamoalari qatorida e'tirof etiluvchi O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari 1994 yildan buyon o‘zaro 10 marotiba uchrashishgan. Ushbu bahslarda vakillarimiz 4 marta g‘alaba qozongan bo‘lishsa, bir marta durang qayd etilgan. 5 uchrashuvda esa saudiyaliklar zafar qozonishgan.
Dastlabki g‘alaba 1994 yilgi Osiyo O‘yinlari doirasidagi 1-turda erishilgan. Rustam Akromov va Birodar Abduraimov murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi Sergey Lebedev, Mirjalol Qosimov va Igor Shkvirinning gollari evaziga 4:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan so‘nggi g‘alabamiz esa Osiyo Kubogi-2015da erishilgan. Sardor Rashidov benefisiga aylangan uchrashuvda uning 2 va 80-daqiqalarda, Vohid Shodiyevning esa 71-daqiqadagi gollari yakunda jamoamiz g‘alabasini ta'minlagan.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi so‘nggi 5 uchrashuv:
22.07.2007. Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston – 2:1.
26.03.2008. O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni – 3:0
22.06.2008. Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston – 4:0
09.10.2010. Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston – 4:0















