“Oq kaskalar” gumanitar taşkiloti asosçisi, 11 noyabrda Istanbulda jonsiz holda topilgan Jyeyms Le Mezyure AQŞning markaziy razvedka boşqarmasi körsatmasiga köra öldirilgan. Bunday fikrni Suriya prezidenti Başar Asad “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.

“Amerikalik milliarder Jyeffri Epşteyn bir neça hafta avval öldirilgandi va uni turmada öz joniga qasd qildi deb aytişgandi. U esa öldirilgan, çunki Britaniya va AQŞ, ehtimol boşqa davlatlardagi juda muhim şaxslar bilan boğliq juda köp sirlarni bilgan. Hozir “Oq kaskalar” asosçisi öldirildi, u zobit bölgan va butun hayoti davomida NATO bilan Afğoniston, Kosovo, Iroq va Livanda işlagan”, deb aytgan Asad.

“Bizga ma'lumki, “Oq kaskalar” vakillari “Al-Qoida”ning bir qismidir. Öylaşimça, bu odamlar, jumladan avvalroq yöq qilingan bin Lodin [“Al-Qoida” yetakçisi] va al-Bağdodiy [IŞID yetakçisi] avvalambor muhim sirlarni bilgani uçun öldirilgan. Ular öz vazifalarini bajargaç, ortiqça taşvişga aylangan. Ular öz rollarini bajargaç, ulardan xalos bölişga ötkir zarurat paydo bölgan”, deb qöşimça qilgan Suriya prezidenti.  

Asadning fikriça, bu odamlarning barçasini MRB yöq qilgan. “Albatta, bu maxsus xizmatlar işi. Biroq qanday maxsus xizmatlar? Biz ğarb maxsus xizmatlari, turk va mintaqamizdagi boşqa maxsus xizmatlar haqida gapirganimizda, bilingki, ular suveren davlatlar maxsus xizmatlari emas, ular boş razvedka xizmati – MRBning bölinmalaridir”, deb ta'kidlab ötgan  Asad.

Jyeyms Le Mezyure 11 noyabrda Istanbuldagi uyi yonida jonsiz holda topilgandi. Turk OAVning xabar qilişiça, Le Mezyure köplab siniş jarohatlari bilan topilgan. Uning ölimi böyiça tergov boşlangan.

Le Mezyure “Oq kaskalar”ni maşq qildirgan Mayday Rescue taşkilotiga asos solgan. “Oq kaskalar” Suriyada aviazarbalardan keyin yaralanganlarni qutqariş bilan şuğullanadi. Taşkilot vakillari Suriyadagi ixtilof vaqtida ön minglab odamlarni qutqarişgani aytiladi.

Ammo Suriya hukumati va uni qöllab-quvvatlovçi Eron va Rossiya taşkilotni terrorçilarga yordam berişda ayblab keladi.