Luvrda Özbekiston ekspozitsiyasini ötkazişga tayyorgarlikning borişi Parijda muhokama qilindi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, 2019 yilning 13 noyabr kuni Fransiyada amaliy taşrif bilan bölib turgan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Dilşod Axatov Luvr muzeyi prezidentining diplomatik maslahatçisi Albert Vial bilan muzokaralar ötkazdi.

Uçraşuvda 2021 yilda Luvr muzeyida bölib ötadigan «Ipak yölidagi tamaddunlar va madaniyatlar» körgazmasiga tayyorgarlik körişning amaliy masalalari muhokama qilindi. 

Bildirilişiça, körgazmada özbek xalqining tarixiy va madaniy merosiga bağişlangan ekspozitsiya namoyiş etiladi.