Parij şahrida Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Dilşod Axatovning Fransiya Yevropa va taşqi işlar vazirligi boş kotibi Fransua Delatr bilan uçraşuvi hamda Özbekiston-Fransiya siyosiy maslahatlaşuvlarining 11-raundi bölib ötdi.

Siyosiy maslahatlaşuvlarda Fransiya Respublikasi delegatsiyasiga TIVning Kontinental Yevropa departamenti direktori Frederik Mondoloni boşçilik qildi.

Muzokaralar çoğida Özbekiston va Fransiya bir-birida muhim va uzoq muddatli şeriklarni körişi qayd etildi va tomonlarning köp qirrali, özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişga tayyorligi ta'kidlandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning ötgan yil oktabr oyida Fransiyaga rasmiy taşrifi va prezident Emmanuel Makron bilan muzokaralari doirasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişning borişi hamda turli jabhalarda hamkorlikni yanada rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari batafsil körib çiqildi.

Siyosiy muloqotni va parlamentlararo aloqalarni çuqurlaştiriş, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik, madaniy-gumanitar almaşinuvlar unumdorligini oşiriş, şartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlaş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Hamkorlikning, jumladan iqtisodiy sohadagi munosabatlarning birgalikdagi mexanizmlari faoliyatining hamda Özbekiston va Fransiya işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalarni kengaytirişga yönaltirilgan tadbirlarni ötkazişning muntazamlik kasb etişiga erişiş muhimligi e'tirof etildi.

Tomonlarda zamonaviy texnologiyalar, aeronavtika, turizm va oliy ta'lim muassasalari örtasidagi hamkorlikni faollaştiriş borasida özaro qiziqiş mavjudligi bildirildi.

Uçraşuvda tomonlar manfaatiga aloqador xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.

Muzokaralar söngida siyosiy maslahatlaşuvlarning navbatdagi raundini 2020 yilda Toşkentda ötkazişga kelişib olindi.