Keça, 14 noyabr – Janubiy Koreyada yilning eng hayajonli kuni böldi: yuqori sinf bitiruvçilari oliygohlarga kiriş imtihonini topşirişdi.
Kollej ta'limiga munosiblikni tekşiriş testi (CSAT – College Scholastic Ability Test) deb nomlanuvçi davlat imtihoni yoşlar hayotida eng muhim voqeadir. Payşanba kuni Koreyaning 1185ta maktabida abituriyentlar soat 8:40dan 16:30gaça imtihon topşirişdi.
Koreys xalqi yoşlarni imtihon vaqtida qöllab-quvvatlaşni juda muhim deb hisoblaydi. Ta'lim vazirligi rahbarlari, şahar merlari va boşqa amaldorlar bölajak talabalarga omad tilaş maqsadida imtihondan avval ular bilan uçraşadilar.

Davlat imtihonining şaffof va tinç ötişi qattiq nazorat qilinadi.
Quyida Janubiy Koreyadagi davlat imtihonlari haqidagi ayrim qiziqarli faktlar keltirib ötiladi.
- Imtihon kuni öquvçilar heç nima olib kirişmaydi. Hatto ruçka ham. Barça kerakli öquv qurollari, tinglaş vositalari xonada tayyorlangan böladi.
- Bu kunda samolyotlarning uçiş-qöniş harakati töxtatiladi. Keça imtihon sababli 158ta reysning vaqti köçirildi. Ulardan 40tasi – xalqaro reyslar.
- Transport vositalarining signal berişi, ortiqça şovqin solişi taqiqlanadi. Katta yuk maşinalarining harakatlanişi töxtatib turiladi.

- Maktablar atrofidagi katta quriliş işlari ham töxtatib turiladi.
- Bolalarning imtihonga keçikmay, öz vaqtida yetib kelişi uçun davlat işxonalari, dökonlar, bank va boşqa muassasalarning iş vaqti keç boşlanadi.

- Ingliz tili yoki boşqa til fanlaridan «Listening» (tinglaş) böyiça savollarni yeçiş uçun xonada maksimal darajada tinçlik va sukunat saqlanişi kerak. Öquvçilar savolni töliq eşitişi uçun har biriga alohida quloqçinlar beriladi.















