Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviya Venesuela bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Foto: Reuters
Boliviyaning o‘tish hukumati tashqi ishlar vaziri Karen Longarik Venesuela bilan diplomatik aloqalar uzilganini e'lon qildi. Bu haqda RT nashri xabar berdi.
Longarikning ta'kidlashicha, venesuelalik diplomatlarga mamlakatni tark etish uchun so‘nggi muddat beriladi. Vazirning ma'lum qilishicha, aloqalarni uzish qarori Venesuelaning Boliviya ichki ishlariga aralashuvi sababli qabul qilingan.
Avvalroq Boliviya prezidenti Evo Morales iste'fosidan keyin shakllantirilgan o‘tish hukumati Venesuelaning prezidenti sifatida muxolifatchi Xuan Guaydoni tan olgandi.
Mavzuga oid
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
21:07 / 30.03.2026
O‘zbekiston Venesuelani mag‘lub etib, xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi
11:48 / 19.03.2026
Maduroning safdoshi Venesuela Mudofaa vazirligini boshqarishdan chetlatildi
11:56 / 15.03.2026