Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda benzin narxi oshishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
Eronning qator shaharlarida benzin narxi oshishiga qarshi shanbaga o‘tar kechasi boshlangan namoyishlar davom etmoqda, deb xabar berdi Associated Press agentligi.
Norozilik namoyishlari Tehron, Mashhad, Sirjon va Xuziston viloyatida bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, Sirjonda namoyishchilar neft omboriga o‘t qo‘yishga urinishgani, ammo politsiya kuchlari tomonidan to‘xtatib qolingani xabar qilinmoqda.
Agentlikning xabar berishicha, hozircha jabrlanganlar va hibsga olishlar to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Hukumat avvalroq shaxsiy avtomobillar uchun oyiga 60 litr arzon narxda sotiladigan benzin limitini joriy etgandi. Ammo keyin yonilg‘i narxi oshirildi: ilgari bir litr benzin 10 ming lira bo‘lsa, endilikda 15 ming lira etib belgilandi. Limitdan tashqari sotib olinadigan benzin narxi esa 30 ming rialgacha oshirildi.
Mavzuga oid
22:54 / 27.04.2026
Aroqchi Putinga AQSh bilan muzokaralarga nima to‘sqinlik qilayotganini aytdi
08:51 / 27.04.2026
Tramp: eronliklar gaplashishni istasa, oldimizga kelishi yoki qo‘ng‘iroq qilishi mumkin
00:04 / 27.04.2026
Eron tashqi ishlar vaziri Rossiyaga boradi
11:09 / 26.04.2026