Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vitse-prezidenti Şisin Çenga köra, ayni paytda Özbekistonda korporativ obligatsiyalar va qimmatli qoğozlar bozori sayoz. U bu haqda 15 noyabr kuni Toşkentda bölib ötgan «Özbekistonning iqtisodiy taraqqiyotida kapital bozorlarining örni» mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ma'ruzasida töxtalib ötgan.
Ma'lum qilinişiça, 2019 yil iyul holatiga köra Özbekistonda atigi 9ta korporativ obligatsiyalar muomalaga çiqarilgan bölib, ularning aksariyati röyxatga olinmagan. Faqat Toşkent şahridagi Respublika fond birjasida 136ta kompaniya röyxatdan ötkazilgan, ularning umumiy kapitallaşuvi bozor kapitallaşuvining 10 foizidan kamroğini taşkil etadi.
«Hozirgi kunda Özbekistondagi kapital bozori moliya sektorida va resurslarni jalb qilişda muhim rol öynamaydi. Qimmatli qoğozlar bozori rivojlanmagan. Davlat kabi yirik emitentlardan xalqaro bozorlarda kapitalni jalb qiliş talab etiladi. Davlat qarzi umumiy miqdorining uçdan ikki qismi xorijiy valutada ifodalanadi, bu esa zaiflik manbai hisoblanadi», deya Şisin Çenning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
OTB vitse-prezidenti Özbekiston hukumati tomonidan joriy yil boşida 1 milliard dollarlik yevrobond debyuti muvaffaqiyatli amalga oşirilganini olqişlagan. Uning ta'kidlaşiça, bu investorlarning mamlakatning iqtisodiy asoslari va islohotlar dasturiga bölgan işonçi yuksalayotganini aks ettiradi va Özbekiston iqtisodiyotini moliyalaştiriş uçun mahalliy bozorlarni rivojlantiriş imkoniyatlari ortib borayotganini körsatadi.
Şunga qaramay hali Özbekiston fond bozorida bartaraf etilişi kerak bölgan muammolar, hal qilinadigan işlar köp. Xorijlik ekspert ularning ayrimlarini sanab ötgan.
«Qimmatli qoğozlar bozori qimmatli qoğozlarni yetkazib berişning çeklanganligi va savdo hajmlarining pastligi sababli yuqori likvid hisoblanadi. Mahalliy moliyaviy vositalarga talab sust va hatto kiçik emissiyalarini ham özlaştira olmaydi. Korporativ obligatsiyalar va qimmatli qoğozlar asosan davlat korxonalari tomonidan çiqarilgan va ularga tegişli. Xususiy sektorga real iqtisodiyotga sarmoya yotqiziş vositasi sifatida kapital bozorining maqsadi çeklangan», deydi Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti.
Şisin Çenga köra, avvalo, kapital bozori hukumatga bozorni erkinlaştiriş islohotlarida yordam berişi mumkin. Xususiylaştirişni qöllab-quvvatlaş va iqtisodiy tuzilmani diversifikatsiya qilişda iqtisodiy jihatdan samarali usul mavjud. Ikkinçidan, kapital bozori uzoq muddatli infratuzilmani rivojlantiriş uçun barqaror moliyalaştirişni ta'minlaydi va şu tariqa barqaror uzoq muddatli ösiş uçun vosita bölib xizmat qilişi mumkin. Uçinçidan, asosan moliya sektoridagi bank tizimidan xilma-xillik moliyaviy xatarlarni boşqariş va iqtisodiy zarbalarning ta'sirini kamaytirişga yordam beradi. Yaxşi işlaydigan kapital bozori resurslarni samarali taqsimlaşi va xavflarni taqsimlaş mexanizmlarini taklif qilişi kerak.












