AQŞning taksi xizmati körsatuvçi Uber Technologies Inc. kompaniyasi Nyu-Jyersi ştatida işsizlik va mehnatga layoqatsizlikka suğurta badallarini tölamagani uçun 650 mln dollarlik jarimaga tortildi. Bu haqda ştatning mehnat va mehnat resurslarini rivojlantiriş departamentiga asoslanib Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, departament 4 yildan beri Uber’ni işçilarni notöğri tasniflaşda ayblab, undan suğurta badallarini tölaşni talab qilib kelmoqda. Kompaniyada esa u bilan hamkorlik qiluvçi haydovçilar yollanma işçilar emas, mustaqil pudratçilar deb hisoblanadi. Pudratçilardan farqli, işçilarga ijtimoiy kafolatlar, jumladan suğurta taqdim etilişi kerak.

Uber va uning şöba korxonasi Rasier LLC suğurta badallari böyiça 523 mln dollar qarzga hamda tölovlarni öz muddatida tölamagani uçun 119 mln dollarlik foiz va jarimalarga ega.  

Kompaniya matbuot kotibi Aliks Anfangning ta'kidlaşiça, kompaniya uşbu qaror böyiça bahslaşmoqda. 

Uber aksiyalari narxi jarima haqidagi yangilikdan keyin deyarli 4 foizga tuşib ketgan.