Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi Elmira Bositxonova xonanda Lola Yöldoşevaning internetda keng muhokamalarga sabab bölayotgan «Sevgingni menga ayt – 2» qöşiği klipiga munosabat bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Kuni keça Lola Yöldoşevaning klipi çiqdi. U «Özbekkonsert»ni litsenziya olib, beriş tartibini balki töğri tanqid qilgandir. Lekin atlasni masxaraboz kiyimi qilgani, ma'naviyat sözini öyinçoq qilib qöygani – bu yigirma beşinçi kadr. Afsuski, buni yana ijtimoiy tarmoqda köpçilik qöllab-quvvatlagan», – dedi Bositxonova 15 noyabr kuni matbuot anjumanida.
Eslatib ötamiz, «Özbekkonsert» davlat muassasasi ötgan oyda xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasini «ma'naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bölgan nomunosib harakatlari» sabab bekor qilgan, ammo ikki kun ötib, jamoatçilikning keskin e'tirozi ortidan xonandaga qonuniy ijod qiliş huquqini qaytarib bergan edi.
Şu bilan bir vaqtda, bundan oldinroq litsenziyasidan mahrum qilingan san'atkorlar Abdulla Qurbonov, Şahlo Ahmedova va Halima Ibragimovaga ham ijodiy faoliyatini davom ettirişga ruxsat berilgandi. «Özbekkonsert»ning bu qarori ijtimoiy tarmoqlarda qizğin muhokamalarga sabab böldi.
Ayni mavzu Lola Yöldoşeva 12 noyabr kuni e'lon qilgan klipda ham tanqid ostiga olingan.












