Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov va yana ikki san'atkorning litsenziyasi qaytarib berildi
Jamoatchilikning keskin noroziligi ortidan «O‘zbekkonsert» Jahongir Otajonovning ikki kun oldin bekor qilingan litsenziyasini tiklashga majbur bo‘ldi.

Ayrim sabablarga ko‘ra «O‘zbekkonsert» tomonidan litsenziyasi muddatidan oldin to‘xtatilgan san'atkorlar Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedova va Halima Ibragimovaga ijodiy faoliyatini davom ettirish uchun ruxsat berildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, chorshanba kuni «O‘zbekkonsert»da bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda shunday qarorga kelingan.
«Ular bundan buyon o‘z ijodlarini rivojlantirish va xalqimizga astoydil xizmat qilishlarini ma'lum qilganliklari sabab ularning vaqtincha olib qo‘yilgan va tugatilgan litsenziyalarini qaytarganligimizni ma'lum qilamiz», – dedi muassasa direktori Odiljon Abduqahhorov.
«O‘zbekiston Respublikasi prezidentining san'at ahliga bo‘lgan g‘amxo‘rliklari, kechirimliligi hamda e'tibori soha xodimlariga bemisl kuch-g‘ayrat baxsh etadi. Bunday e'tiborga asl san'at namunalarini yaratish, xalqimizga astoydil xizmat qilish bilangina javob qaytarishimiz lozim», – deb qo‘shimcha qildi u.
Abduqahhorov o‘z so‘zida «O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganib, muammolariga yechimi topish va xalqni rozi qilish uchun keng ko‘lamli ishlar» qilinayotganini, o‘zi rahbarlik qilayotgan muassasa ham «bu islohotlardan to‘liq xulosa chiqargan holda, o‘z faoliyatini ana shunday prinsiplar asosida olib borayotgani»ni ham ta'kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi ikki kun oldin, 14 oktyabrda tugatilgan edi. «O‘zbekkonsert»ning bu haqdagi bayonotida Otajonov «o‘zining ma'naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan nomunosib harakatlari orqali muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-shartlarini muntazam ravishda buzib kelgani» aytilgandi. Davlat muassasasining bu qaror va bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi.
Xonanda Abdulla Qurbonov esa shu yil may oyida, qiziqchi Halima Ibragimova fevralda litsenziyasidan mahrum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

10:54 / 12.03.2025
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» rahbarligiga qaytdi

11:00 / 04.10.2024
195 km/soat tezlikda avtomobil boshqargan Jahongir Otajonov jarimaga tortildi

14:04 / 03.10.2024
Jahongir Otajonov o‘z avtomobilida 195 km/soat tezlikda harakatlandi

20:46 / 19.07.2024