Joriy yilning 15 noyabr kuni Sankt-Peterburgda «Yil homiysi» mukofotini topşiriş böyiça oltinçi marosim bölib ötdi. Bu haqda «MGIMO» saytida xabar qilindi.

Asosiy nominatsiyada ğoliblik 1976 yilda Xalqaro huquq fakultetini tamomlagan, Şodiyev xalqaro jamğarmasi asosçisi, universitet Vasiylik kengaşi a'zosi va «MGIMO» fondining asosçilaridan biri Fattoh Qayumoviç Şodiyevga berildi. Mukofot Rossiyadagi Kabuki teatri truppasining gastroliga boş homiylik uçun taqdim etildi. Mukofotni Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy topşirdi.

Şodiyev xalqaro jamğarmasi köp yillar davomida «MGIMO» bilan hamkorlik qilib keladi hamda talabalarga çet el universitetlarida tahsil oliş va stajirovkadan ötiş imkoniyatini yaratadi, deya ta'kidlangan xabarda.

Eslatib ötamiz, Fattoh Şodiyev - asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan qozoğistonlik milliarder, Belgiya fuqarosi. 1992 yildan beri Aleksandr Maşkeviç va Alijon Ibrohimovning şerigi. Uning boyligi 3,7 milliard dollarga baholanadi.