Özbek kinosining yoş vakillaridan biri, aktrisa Gavhar Şaripova 18 noyabr kuni Qaşqadaryo viloyatida yuz bergan avtohalokat natijasida vafot etdi.
“Özbekkino” xabar berişiça, ayni paytda huquq-tartibot idoralari tomonidan hodisa tafsilotlari örganilmoqda.
Gavhar Şaripova 1980 yilda Navoiy şahrida tuğilgan. 2001 yilda Toşkent Davlat san'at instituti (hozirgi Özbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti)ni drama-teatr va kino aktyorligi yönalişi böyiça tamomlagan. Özbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat körsatgan. G.Lessingning “Donişmand Natan” spektaklida Rexa rolini mahorat bilan ijro etgan.
Gavhar özbek kinosida ham özining bir qator takrorlanmas obrazlari bilan tomoşabinlar yodida qoldi. “Alpomiş” (2001) filmida Qaldirğoç, “Aldangan ayol” (2011) filmida Mastura, “Opa-singillar” (2010) teleserialida Nafisa singari qahramonlarni gavdalantirdi. U qator filmlarga ovoz berib, dublyaj san'atida ham öz imkoniyatlarini namoyon etdi.
U nafaqat aktrisa, balki şoira ham bölib, şe'rlar yozgan, uning şe'rlari bir neça xonandalar tomonidan qöşiq qilib kuylangan.
Kun.uz marhumaning yaqinlariga ta'ziya bildiradi.












