Noyabr oxirida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Özbekistonga işçi taşrif amalga oşiradi. Bu haqda Rossiyaning Özbekistondagi elçixonasiga iqtibos keltirgan holda “Realnoye vremya” naşri ma'lum qildi. 

Ta'kidlanişiça, Minnixanovning Özbekistonga taşrifi dasturining asosiy bandi ikki respublika işbilarmon doiralarining biznes-forumida iştirok etiş böladi. Tadbir yakunlariga köra, Özbekiston hududlari va Tatariston bilan ikki tomonlama kelişuvlar imzolanişi kutilmoqda. 

Şuningdek, Minnixanov taşrif davomida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va bir qator vazirliklar va boşqarmalar rahbarlari bilan uçraşadi. 

Bugungi kunda Özbekiston va Tatariston örtasida hamkorlik haqida bir neçta kelişuv amal qiladi. 2018 yilda respublikalar örtasidagi tovar aylanmasi 57 foizga ösib, 146 mln dollarni taşkil qilgan. Özbekistonda Tataristonning “KamAZ”, “TAIF”, “KMPO”, “Pozis”, “Tatneft” va boşqa korxonalari loyihalari amalga oşirib kelinmoqda.

Fevralda Özbekiston Transport vaziri Oçilboy Ramatov Tatariston prezidenti bilan Qozondagi uçraşuvda Özbekiston joriy yilda Tatariston bilan tovar aylanmasini 2018 yilga nisbatan 80 foizga oşirmoqçiligini aytib ötgandi.