Internet tarmoğida poytaxtdagi Gidrometmarkaz yaqinida sodir bölgan yöl-transport hodisasi aks etgan suratlar tarqaldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toşkent IIBBning ma'lum qilişiça, 2019 yil 18 noyabr kuni soat 10:40da Osiyo va Çingiz Aytmatov köçalari kesişmasida 29 yoşli D.K. boşqargan Spark rusumli avtomobil svetoforning taqiqlovçi işorasiga töxtagan uç nafar maşinalarga töqnaşgan. 

Avtomobillardan biri, öz navbatida, oldida turgan Matiz’ga urilgan. YTH sababi: D.K.ning aytişiça, avtomobilining tormoz tizimi işdan çiqqan. Hodisa tufayli heç kim jabr körmadi.

“Hurmatli haydovçilar! Transport vositangizning texnik holatiga e'tiborliroq böling. Ayniqsa ob-havo sovuqligida. Havoni sovib borişi bilan tormoz masofasi uzayib borişini unutmang. Yöllarda özingizni ehtiyot qiling!” - deyiladi IIBB ma'lumotida.