Ğallaorol magistral gaz quvurlari boşqarmasiga qaraşli KS-3B Yangiyer sanoat maydonçasida gaz haydaş agregatlarining diametri 720 mm bölgan gazni uzatiş quvurlarida diagnostika tekşiruv işlari ötkazilib, agressiv nuqson aniqlandi.

“Öztransgaz” AJ xabariga köra, boşqaruv apparatning tegişli departament va bölimlari hamda Ğallaorol MGQB işçi xodimlarining sa'y-harakati bilan falokat kelib çiqişining oldini oliş uçun tezkor reja tuzildi. Mas'ul xodimlar iştirokida gaz transport tizimiga ma'lum özgartiriş kiritildi.

Toşkent şahri, Toşkent viloyati va Farğona vodiysi iste'molçilarini gaz ta'minotidan uzmagan holda 12 soat davomida ta'mirlaş işlari olib borilib, 11 metr quvur almaştirildi. Natijada, favqulodda holatning oldi olingani, köp miqdorda tabiiy gazning texnologik yöqotilişiga yöl qöyilmagani aytiladi.

Qayd etilişiça, tabiiy gaz tizimining bir maromda işlaşi ta'minlandi.