21 noyabr kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mutasaddilari iştirokida «Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori ijrosi yuzasidan matbuot anjumani ötkazildi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda Oqtöbe fojyeasida halok bölgan 52 nafar özbekistonlikning jasadi qay darajada sud-tibbiy ekspertizasidan ötkazilgani haqida savol berilgan.
«Oqtöbe fojyeasi qurbonlari böyiça ekpertiza öz vaqtida töla-tökis ötkazilgan, tört kun içida yakunlangan. 51 nafar jasadning şaxsi qozoğistonlik hamkasblar bilan birgalikda, faqat bir nafarining şaxsi Özbekistonda aniqlandi.
Jasadlardan turli namunalar olindi, qarindoş-uruğlaridan turli namunalar olinib soliştirildi. Öz vaqtida qisqa muddat içida barça işlar belgilangan tartiblarga muvofiq yakunlangan», – deydi respublika sud ekspertiza markazi direktori Akram Xalilov.
Içida 52 nafar özbekistonlik yonib ketgan avtobusning egasi 3 yilga qamaldiMatbuot anjumanida, şuningdek, sud-ekspertlik faoliyatidagi yangiliklar va amalga oşirilgan işlar töğrisida axborot berildi.
Ma'lum qilinişiça, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bölgan ehtiyojlarini, şuningdek ilğor xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizaning yangi turlari, xususan sud-psixologik ekspertizasi, sud-elektrotexnika ekspertizasi, oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi, sud lingvistik ekspertizasi, sud avtomobil yöllari ekspertizasi va sud kompyuter-texnik ekspertizalarini joriy qiliş yuzasidan, şu jumladan Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda 21dan ortiq tasdiqlangan mavzular böyiça ilmiy-tadqiqot işlari olib borilmoqda.
Bundan taşqari, Markaz laboratoriyalarini ISO-17025 xalqaro standarti talablariga muvofiq halqaro akkreditatsiyadan ötkaziş böyiça tayyorgarlik işlari boşlangan.

















