Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sunnatilla Bekenov JPMorgan transmilliy bankining Markaziy Osiyo va Kavkaz böyiça mintaqaviy rahbari Timur Kunanbayev va mazkur bankning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Tohir Sultonov bilan uçraşuv ötkazdi.
Agentlik direktori davlat korxonalarini isloh qiliş, ularga xorijiy investorlarni jalb etiş va aksiyalarni sotiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar holatiga töxtalib, mazkur jarayonda xalqaro investitsiya vositaçilari, konsalting kompaniyalari hamda professional taşkilotlar faol jalb etilayotganligini ta'kidladi.
Barça davlat korxonalari xususiy sektorga bosqiçma-bosqiç taklif etilişi, faqat strategik korxonalarda davlatning qisman iştirokini saqlab qoliş közda tutilayotgani qayd etildi.

Katta miqdordagi aksiyalar va korxonalarni bozorga taklif etiş orqali birinçi navbatda mahalliy fond bozorini rivojlantiriş, şu asosda aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini xususiylaştiriş jarayonlariga faol jalb etiş lozimligi, har bir davlat uluşi mavjud bölgan korxonalar aksiyalari kotirovkasini şakllantiriş lozimligi haqida söz bordi.
JPMorgan banki vakillari yirik korxonalarga investorlarni jalb etiş böyiça dunyodagi yetakçi örinni egallaşi, mintaqada katta tajribaga ega ekani, jumladan Qozoğistondagi «Kazatomprom» kompaniyasini IPO usulida sotiş böyiça asosiy investitsiya vositaçi sifatida katta kölamdagi işlarni amalga oşirayotganini sözlab berdi.
Xorijiy hamkor taşkilot sifatida Özbekistonda korxonalarni xususiylaştiriş katta istiqbolga ega ekanligini va amalga oşirilgan işlarning ijobiy xususiyatlari qayd etildi.
JPMorgan banki öz tajribasidan kelib çiqib, toğ-kon, neft-gaz va telekommunikatsiya sohasidagi davlat aktivlarini xususiylaştiriş jarayonida qatnaşişga katta qiziqişi borligini bildirdi.
Uçraşuv yakunida tomonlar özaro hamkorlik munosabatlarini davom ettirişga kelişib olişdi.












