Davlat aktivlarini boşqariş agentligida Koreya fond birjasining strategik rejalaştiriş böyiça direktori Son Yun Xun boşçiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uçraşuv ötkazildi.

Unda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sunnatulla Bekenov va Kapital bozorni rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirov iştirok etdi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori mehmonlarni mamlakatdagi xususiylaştiriş dasturlari va davlat korxonalarini butunlay xususiylaştiriş böyiça şakllantirilgan rejalar bilan taniştirdi.

Barça davlat korxonalari bosqiçma-bosqiç xususiy sektorga taklif etilişi, davlatning qisman iştirokini faqat strategik korxonalarda saqlab qoliş közda tutilayotgani ta'kidlab ötildi.

Katta miqdordagi aksiyalar va korxonalarni bozorga taklif etiş orqali birinçi navbatda mahalliy fond bozorini rivojlantiriş, şu asosda aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini xususiylaştiriş jarayonlariga faol jalb etiş lozimligi qayd etildi.

Bu jarayonda fond birjasining samarali infratuzilmasi talab etilişi, birja faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar, boşqaruv usullari va mavjud yeçimlarni joriy etiş öta zarurligi ta'kidlandi.

Foto: Davlat aktivlarini boşqariş agentligi

Mehmonlar ham Koreya birjasi mahalliy bozorda yetarliça samarali faoliyat yuritişi, Koreya bozoridagi turğunlik va ösişning pastligi oqibatida rivojlanayotgan mamlakatlar bozorida munosib örin egallaşga intilişi, Özbekistonda fond bozori juda katta istiqbolga ega ekanini e'tirof etdi.

Şuningdek, birja faoliyatini faol rivojlantiriş uçun “Toşkent” respublika fond birjasi kapitalidagi uluşini nazorat paketigaça oşiriş rejalaştirilganligi, yangi dasturiy ta'minotlar hamda ekspertlarni jamoa tarkibiga olib keliş istagida ekanligini ma'lum qildi.

Tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga tayyor ekanini bildirişdi.

Eslatib ötamiz, ayni paytda Toşkent respublika fond birjasi aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalida davlat uluşi 50 foiz plyus bir dona aksiyani, Koreya fond birjasi uluşi 25 foiz minus bir dona aksiyani taşkil etadi. Qöşimça ravişda, 4 ta tijorat banklari fond birjasining bir xilda 6,25 foizdan aksiyalarga egalik qiladi.