Joze Mourino qayoqda-yu, “Tottenhem” qayerda... Biri “dovdir”, “sovrinsiz”, “sokin”, şu bilan birga, xöjayini juda ham qitmir yahudiy bölgan klub. Ikkinçisi sovrinlar, katta pullar, xarajatlar, kölam, janjallar... Agar ikkovini yigit va qiz deb tasavvur qilsak, ular heç qaçon uçraşmasdilar, uçraşganda ham, gaplari qovuşmasdi, bir-birlarini yoqtirmasdilar, heç qaçon qayta uçraşmaslikka kelişgan bölardilar. Şu bilan romantik film boşlanmasdan nihoyalanar edi.

Ammo hozir şunday paytki, “Tottenhem” uçun Jozedan maqbulroq variant yöq, Mourino uçun ham xuddi şunday – ayni muddao. Ba'zida göyoki umuman birgalikda tasavvur qilmaydiganingiz odamlar juda baxtli oila qurganliklarini guvohi bölamiz. Futbol bizga yana şunday bir hikoyani boşlamoqçidir, kim biladi.

Klub tarafidan öylasak, xuddiki, Jozening butunlay teskarisi bölgan Poçettino bilan tarixdagi eng yaxşi natijalarga erişgan “Tottenhem” xuddi şunday yana bir muhabbat yaşaşni istar, aytaylik, Erik Ten Xag, Nagelsman, Boş kabi çeklangan resurslar bilan çiroyli, hujumkor futbolni taşkil qila oladigan murabbiyni taklif qilar, deb öylaşimiz mantiqliroq. Lekin Joze?

Demak Levi endi sovrinlar haqida öylay boşladi, hammaning ularning ustidan kulişi jonga tegdi. “Tottenhem” har qança kuçli öyin körsatmasin, “Arsenal” yoki “Çelsi”ning masştabidan orqada yurişni töxtatmoqçi. Yöq, Joze Mourinoning kelişi endi Levi ham katta pullar sarflaydi, tarkibni yulduzlar bilan töldiradi, degan xulosani taqdim etmaydi. Har qança paradoks tuyulmasin, Joze Mourino “Tottenhem” uçun eng tejamkor-variantdir.

Sababi, Joze bilan “Tottenhem” gazetaning boş sahifalariga çiqadi, butun dunyo böylab e'tibor qozonadi, jamoaning “Çelsi” yoki “Yunayted”, Pep yoki Klopp bilan duellari özgaça, qöşimça çizgilar taqdim etadi. Bu ham marketing, katta pul, işonavering, Poçettino bilan yangi stadion qurib ham, Çempionlar Ligasiga finaliga çiqib ham, bunday e'tiborni qozoniş mumkin emasdi.

Sovrinlar masalasida ham şu gap. “Tottenhem” yoki “Ayaks”, “Borussiya”, “Lion”, “Inter”....bu kabi jamoalar hozirda aynan murabbiylik loyihasi sifatida kuçli jamoalarga aylanişdi, köpçilikka yoqadi, Levi uçun ham ideal variant sifatida körinişi mumkin. Lekin e'tibor bering, sovrin yutişga kelganda, bu loyihalar “Yuventus”, “Bavariya”, “PSJ” kabi katta kuçlar bilan bellaşa olmayaptilar, çiroyli va hujumkor öyin öz ortidan beqarorlikni ham olib keladi. Joze bilan esa, oddiy öyinlardagi ğalabalarni avtomat rejimga qöyiş, top öyinlarda esa, aynan raqibdan kelib çiqib öynaş nuqtai nazaridan, muvaffaqiyatliroq böliş mumkin. “Mançester Siti” va “Liverpul”ga qarşi, faqat mana şunday antivirus (yoki virus) yordamida samarali kuraşiş mumkin.