20 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Mali Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan (qarorgohi Moskva şahrida) Tiefing Konateni qabul qildi.

Vazir elçining işonç yorliqlarini qabul qilib, uni yuqori va mas'uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan va unga faoliyatida muvaffaqiyat tilab qolgan.

Suhbat davomida hamkorlikni turli şakllarda, xususan, BMT va Islom hamkorlik taşkiloti doirasida rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilingan, ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslarini yaratiş böyiça birgalikda işlaşdan manfaatdorlik izhor etilgan.

Uçraşuvda tomonlarni qiziqtirgan boşqa masalalar yuzasidan ham fikr almaşilgan.