Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijliklarga O‘zbekiston moliya bozoriga kirishga ruxsat beriladi
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 2020 yilning 1 iyuliga qadar norezidentlarga moliya bozoriga kirishga ruxsat berish shartlari, mexanizmlari va muddatlari bo‘yicha takliflarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarini bartaraf qilishning aniq mexanizmlari va instrumentlarini ishlab chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda 2020 yilning 1 apreliga qadar Jahon bankining texnik ko‘magi asosida ishlab chiqilayotgan Moliyaviy ommaboplikni oshirish milliy strategiyasi doirasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Avvalroq, O‘zbekistonda tartibga solinadigan tariflarni erkinlashtirish boshlanishi xabar qilingandi.
Xususan, Moliya vazirligi 2020 yilning 1 fevraliga qadar Energetika vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-2021 yillarda tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni inflatsiya maqsadlariga ta'sirini hisobga olgan holda erkinlashtirish grafigini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025