Arz qiluvçilar davlat rahbarini konstitutsiya kafili böla turib, FBKga nisbatan tergov işi böyiça yuz berayotgan “konstitutsiyaviy huquqlarning qöpol va tizimli buzilişiga munosabat bildirmayotganlikda va ularni töxtatiş böyiça çoralar körmayotganlikda” aybdor deb topişni talab qilişmoqda. 

“Biz Putin Vladimir Vladimiroviçning jinoiy ta'qibni taşkillaştiriş (FBKga qarşi işni soxtalaştiriş) borasidagi harakatlarini noqonuniy deb topişni talab qilamiz, çunki uni ta'qibning katta kölamligi hisobga olinsa, bu işning taşkilotçisi deb hisoblaymiz”, deyilgan Navalniy saytida.

Muxolifatçilarning fikriça, Putin FBK va uning xodimlaridan “öç oliş” va “hokimiyatni uşlab qoliş” maqsadida tergov qömitasiga noqonuniy ravişda jamğarmaga qarşi jinoiy iş qözğatiş va unga ziyon yetkaziş hamda faoliyatiga tösqinlik qilişga qaratilgan tintuvlar ötkazişni topşirgan.

Arzçilarning ta'kidlaşiça, tintuvlar va FBK hisobraqamlariga taqiq qöyilişi mulkning daxlsizligi, fikr va söz erkinligi, ma'lumotlarni tarqatiş va birlaşiş huquqlarini buzadi.

FBKda ma'lum qilinişiça, kuç tuzilmalari jamğarmaning ştablari va xodimlari kvartiralarida 264 ta tintuv ötkazgan. Jamğarmada uşbu harakatlar ularning korrupsiyaga qarşi faoliyati bilan ham boğlangani aytilgan.

Şu sababli, Navalniy FBKga qarşi işning yopilişini talab qilgan.