Özbekiston akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi badiiy rahbari, xalq artisti Mansur Toşmatov fikriça, san'at sohasidagi öquv yurtlarida öqituvçilar mutaxassis bölişi şart, bölmasa yoşlar çalasavod bölib qoladi. U bu haqda Davlat boşqaruvi akademiyasida ötkazilgan “Yangilanayotgan jamiyatda yoşlarning ijtimoiy faolligi: muammo va yeçimlar” mavzusidagi konferensiyada aytib ötdi.

“San'at sohasidagi öquv yurtlarida öqituvçilar mutaxassis bölişi şart. Mutaxassis bölmaganlar dars bersa, yoşlarimiz çalasavod bölib qoladi. Hozir ham çalasavod köpçiligi. Avvalambor, öqituvçi-ustozlarning saviyasiga ahamiyat beriş kerak”, deya Mansur Toşmatovning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Xalq artisti bugungi kunda yoşlar köproq ingliz tilida gaplaşayotgani, sözlaşuvda inglizça söz, atamalar urf bölayotganiga ham töxtalib ötdi.

“Hozir inglizça sözlarni köp qöllayapmiz, ular leksikamizga kirib ketdi. Biz öqigan maktablarimizni, öqigan kitoblarimizni, saviyamizni, dunyoqaraşimizni yomon, deb aytolmayman. Şuning uçun men öylaymanki, yoşlarni tarbiyalayotganimizda sal tarixga ham qarab, özimizga, bizning muhitga, mentalitetimizga töğri keladigan yönalişni topişimiz kerak”, - deb aytgan Mansur Toşmatov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Mansur Toşmatov nomutaxassis san'atkorlar «Özbekkonsert»ga pulini tölab, litsenziya olişi va sahnaga çiqib ketaverişi, qöşiqlari televideniyeda aylanişini tanqid qilgandi.