O‘zbekiston | 15:55 / 23.11.2019
49565
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ayrim o‘quvchilarni OTMga imtihon sinovlarisiz qabul qilish tartibi joriy etiladi

Foto: KUN.UZ

Respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni oliy ta'lim muassasalariga imtiyoz asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilish tartibi joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilishicha, bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinadi.

Bunda:

har yili sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan respublika musobaqalarida va xalqaro musobaqalarda (Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon va Osiyo chempionatida 1-3-o‘rinlar) oxirgi uch yilda g‘olib bo‘lganlar oliy ta'lim muassasasining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatga test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonsiz imtiyozli ravishda qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish;

umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya fanidan olimpiadaning respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari (1 – 3 o‘rin), “Bolalar olimpiya o‘yinlari” sport musobaqasining jamoaviy o‘yin turlari (basketbol, voleybol, gandbol va boshqalar) bo‘yicha respublika bosqichida g‘oliblarini imtiyozli ravishda qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari bitiruvchilariga oliy ta'lim muassasasining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz berish nazarda tutiladi.

Ijro muddati - 2020/2021 o‘quv yiliga qadar. Mas'ul ijrochilar - Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid