"Men XXR raisi Si Tszinpinga kelishuv teng shartlarda tuzilishi mumkin emasligini aytdim", - dedi u Fox News telekanali orqali.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Xitoy o‘rtasida ikki tomonlama savdoda muvozanat bo‘lmagan – Pekin yiliga 500 mlrd dollarga yaqin foyda ko‘rgan. 

Shu bois Tramp Xitoy rahbarining teng shartlardagi kelishuv to‘g‘risida aytgan gaplari unga yoqmasligini qo‘shib qo‘ydi.