Ruminiyaning amaldagi prezidenti Klaus Yoxannis 24 noyabrda ötgan prezident saylovlarining 2-bosqiçida 66,5 foiz ovoz bilan ğolib böldi.
Saylov uçastkalari yopilişi bilanoq ekzitpol ma'lumotlari berila boşlangan. Yoxannisning raqibi Viorika Dençilega 33,5 foiz ovoz berilgan.
Ovoz berişda jami qayd qilingan saylovçilarning 49,84 foizi iştirok etgan.
Şu tariqa, Yoxannis yana 5 yillik muddatga Ruminiya prezidenti sifatida faoliyat yuritadi.












