Yevropaning qator davlatlaridan va Avstraliyadan bölgan 60 nafar şifokorlar guruhi WikiLeaks asosçisi Julian Assanjning salomatligi borasida xavotir bildirdi va uni zudlik bilan kasalxonaga yotqizişga çaqirdi. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.
"Tibbiy nuqtai nazardan, mavjud dalillarga asoslanib, Assanjning 2020 yil fevralida sud oldida javob berişga qodirligi borasida jiddiy xavotirimiz bor. Eng asosiysi, janob Assanj jismoniy va ruhiy salomatligi borasida tezkor tibbiy ekspert xulosasiga muhtoj", - Britaniya taşqi işlar vaziri Priti Patelga yöllangan maktubda.
Telekanalning qayd etişiça, Assanj Belmarş qamoqxonasida saqlanmoqda. Şifokorlarning fikriça, WikiLeaks asosçisi jismoniy va ruhiy azoblarni boşidan keçirmoqda. Mutaxassislar Assanj zudlik bilan maxsus klinikaga yotqizilişi va professional şifokorlar nazorati ostida davolanişi lozim degan fikrda.
"Agarda zudlik bilan tekşiruv va davolaş işlari olib borilmasa, Assanj qamoqxonada vafot etişi mumkin degan jiddiy xavotirimiz bor", - deya ta'kidlagan şifokorlar.
Avvalroq Assanjning qamoqxonada vafot etişi mumkinligi borasida uning otasi Jon Şipton öz taşvişini bildirgandi.













