Xitoylik qizning gözallik ortidan quvişi va yuqori ijtimoiy maqomga ega bölişga intilişi kuçli yötal xurujidan keyin 10 ta qovurğasining sinişiga olib keldi. Bunga esa qizning quyoşdan himoyalovçi kremdan muntazam foydalangani sabab bölgan. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi.
20 yoşli qiz terisi quyoşdan qoraymasligi ortidan sinçkovlik bilan kuzatib borgan, çunki qoramtir teri Xitoyda dalalarda işlovçi noçor odamlarga xos belgi hisoblanadi. Şu sababli qiz köçaga kam çiqqan, çiqsa ham avval terisiga quyoşdan himoyalovçi krem surtib çiqqan. Qiz bunga şunçalik mukkasidan ketganki, hattoki köçaga çiqmagan paytlarda ham kremdan foydalangan.
Şunday kunlardan birida qiz şifoxonaga kuçli yötaldan şikoyat qilib murojaat qilgan. U yerda qizga “astma” taşxisi qöyilgan. Şifokorlar qizga ingalyator berib, uyda davolanişni buyurişgan. Biroq yötal kuçayib boravergan va kunlarning birida qiz uyqudan kökragining çap tomonidagi qattiq oğriq bilan uyğonib, yana şifoxonaga murojaat qilişiga töğri kelgan.
Şifokorlar qizni rentgen qilişgan va olingan natijadan hayratda qolişgan: aniqlanişiça, qizning kuçli yötaldan zöriqiş oqibatida 10 ta qovurğasi sinib ketgan. Navbatdagi körikdan keyin şifokorlar bunga qizning oq, çiroyli teriga ega bölişga intilişi olib kelganini aniqlaşgan.
Ma'lum bölişiça, qizda uning yoşi uçun suyaklari ziçligi juda past bölgan. Bunga esa qizning qonida fosfor va kalsiy juda kam miqdorda bölgani hamda quyoşning ultrabinafşa nurlari ta'siri ostida organizmda işlab çiqiluvçi D vitamini tanqisligi olib kelgan. Aniqlanişiça, quyoşdan himoyalovçi krem qizning organizmida D vitaminining işlab çiqilişi jarayonini bloklab qöygan va buning natijasida uning suyaklari mörtlaşib ketgan.












