Buxoro şahrida Özbekiston va Janubiy Koreya hamkorligidagi «Himchan» köp tarmoqli klinika oçildi.

Sönggi yillarda Özbekiston tibbiyot tizimida xususiy sektor uluşini oşiriş, uning huquqiy mexanizmlarini yaratiş, ularga keng imtiyozlar taqdim etilayotgani natijasida bu yönalişdagi şifoxonalar soni 5300dan oşdi. Şuningdek, qisqa vaqt içida mamlakatda AQŞ, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Hindiston, Turkiya, Janubiy Koreya, Isroil kabi xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda 100dan ortiq zamonaviy xususiy klinikalar iş boşladi.

Xususan, Özbekiston va Janubiy Koreya örtasida tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi aloqalar izçil rivojlanmoqda. Buning natijasida Toşkent şahrida koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda Mustaqil davlatlar hamdöstligida öxşaşi yöq törtinçi darajali bolalar köp tarmoqli milliy tibbiyot markazini bunyod etiş jadal olib borilmoqda. Bundan taşqari, Koreya Respublikasining köplab taşkilotlari, jumladan, «KOICA», «KOFIH», «EDCF» jamğarmalari bilan hamkorlikda soğliqni saqlaş sohasida qiymati 190 million AQŞ dollaridan ziyod qator sarmoyaviy va grant loyihalar amalga oşirilmoqda. Şuningdek, şifokorlarning malakasini oşiriş, tibbiy ta'limni rivojlantiriş va tibbiyot yangiliklarini ommalaştiriş böyiça hamkorlik qilinmoqda.

«Buxoro şahrida qad kötargan zamonaviy «Himchan» klinikasi ham ana şunday hamkorlikning muhim közgusidir. Mazkur klinika qurilişi şu yil boşida boşlangan edi. Uni barpo etgan Janubiy Koreyaning eng taniqli «Korea medical Foundantion Sangwon Hospital Himchan» klinikasi jahonda travmatologiya-ortopediya va neyroxirurgiya markazlarini quriş va jihozlaş böyiça katta tajribaga ega bölgan nufuzli muassasa hisoblanadi. Mazkur kompaniya boşqa köplab mamlakatlarda ham aynan şu yönalişdagi tibbiyot markazlarini barpo etib, mutaxassislarga zamonaviy jarrohlik uslublarini örgatib kelgan.