Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat yalpi majlisida Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini o‘zgartirish masalasi ham ko‘riladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XXIV yalpi majlisi 30 noyabr kuni Toshkent shahrida chaqirilishi haqida avval ham xabar berilgandi.
Parlament yuqori palatasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Senat yalpi majlisida Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini o‘zgartirish hamda boshqa masalalar kun tartibiga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, yalpi majlisda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi, «Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida»gi, «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunlar ko‘rib chiqilishi, «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019 yil uchinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitilishi e'lon qilingan edi.
Bundan tashqari, senatorlar tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi, bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan qonunlarni ko‘rib chiqadi.
Senatorlar Vazirlar Mahkamasiga davlat bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi holati, arzon uy-joy qurilishi, gaz, elektr ta'minoti bilan bog‘liq parlament so‘rovlari yuborish masalalarini ham muhokama qiladilar.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026