Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara S-400 masalasida Vashington bilan muloqotga tayyorligini ma'lum qildi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Anqara Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualari masalasida Vashington bilan muloqotga tayyorligini ma'lum qildi.
"Biz bu mavzuni AQSh bilan muhokama qilishda davom etamiz, ammo Vashingtonning nuqtai nazarini qabul qilib bo‘lmaydi", - deb ta'kidladi u.
Chovusho‘g‘lu S-400 - "qutida saqlanadigan mahsulot emas"ligini, Anqaraning unga ehtiyoji borligini aytdi.
"Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlariga yana ehtiyojimiz bor va agar AQSh kafolat bersa, Patriot zenit raketa majmualarini sotib olishimiz mumkin", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
2017 yil sentyabrda Rossiya Turkiya bilan S-400 majmualarini yetkazib berish bo‘yicha $2,5 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi. Dastlabki majmualarni yetkazib berish shu yilning iyulida boshlandi. Vashington Turkiyaning bu kelishuviga qarshi chiqmoqda.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026