Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2019 yilning eng yaxşi murabbiylari reytingini tuzdi.
Birinçi örin Portugaliya milliy jamoasi bilan Millatlar Ligasida ğolib çiqqan Fernandu Santuşga berildi (112 oçko). Ikkinçi öringa Braziliya milliy jamoasi bilan Kopa Amerika ğolibi bölgan Tite (102) loyiq körildi. Uçinçi örin FIFA reytingida peşqadamlik qilayotgan Belgiya milliy jamoasi boş murabbiyi Roberto Martinesga (97) nasib qildi.
Qatar milliy jamoasi bilan Osiyo Kubogida zafar quçgan Feliks Sançes kuçli önlikdan joy oldi.
Top-10 2019 yilning eng yaxşi murabbiylari
112 – Fernandu Santuş (Portugaliya)
102 – Tite (Braziliya)
97 – Roberto Martines (Belgiya)
87 – Dide Deşam (Fransiya)
61 – Jamol Bilmoziy (Jazoir)
45 – Garet Sautgeyt (Angliya)
42 – Roberto Mançini (Italiya)
22 – Rikardo Gareka (Peru)
11 – Nikolya Dyupyui (Madagaskar)
11 – Feliks Sançes (Qatar).
















