Dunyo böylab pul-kredit siyosati rejimlari 4 xil. Hozirgi paytga kelib dunyoning 40dan ortiq rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlari inflyatsion targetlaş rejimiga ötgan. Bu haqida 26 noyabr kuni Markaziy bankda bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.
Dunyo böylab 4 ta pul-kredit siyosati rejimlari mavjud. Bular:
• Inflyatsion targetlaş rejimidagi davlatlar
• Monetar targetlaş rejimidagi davlatlar
• Almaşuv kursini targetlaş rejimidagi davlatlar
• Boşqa (aralaş – yuqoridagi ikkita rejim instrumentlari aralaş qöllanadi)
Xalqaro valuta jamğarmasi hisobotlariga qaraladigan bölsa, inflyatsion targetlaş rejimiga ötgan davlatlar soni tobora ortib borayotganini köriş mumkin. Hozirgi paytga kelib dunyoning 40dan ortiq rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlari inflyatsion targetlaş rejimiga ötgan.
Xususan, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Armaniston, Ukraina singari MDH davlatlari ham inflyatsion targetlaş rejimiga ötgan davlatlardan hisoblanadi.
Pul-kredit siyosati rejimlarining bir-biridan farqi nimada?
«Valuta almaşuv kursini targetlaş rejimida valuta kursi makroiqtisodiy, taşqi savdo, iqtisodiy ösişdagi heç bir özgarişlar inobatga olinmasdan ana şu holatda qoladi, deb e'lon qilinadi. Bu oxir-oqibatda yo davlat valuta zaxirasi kamayib ketişi yoki iqtisodiy ösişdagi ma'lum bir disbalanslarga olib kelişi mumkin. Bu rejim asosan neft va gaz eksporti bilan şuğullanadigan arab davlatlarida bugungi kungaça saqlanib qolgan, Qozoğistonda 2015 yilgaça, Rossiyada 2014 yilgaça qöllangan. Jahon iqtisodiy inqirozlari valuta [almaşuv] kursini targetlaş rejimi zamon talabiga javob bermasligi, yo öz-özidan belgilangan inflatsiya darajasiga erişiş uçun ham kerakli şaroitni yaratib berolmasligini körsatdi», - deya tuşuntirdi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.
Markaziy bank raisi pul-kredit siyosati rejimining yana bir turi monetar targetlaş rejimiga töxtalar ekan, bunda kredit sohasidagi körsatkiçlar ma'lum bir maqsadda belgilab olinişini aytib ötdi.
«Masalan, pul massasi, rezervda şunça bölişi kerak deb, asosiy xatti-harakatni şunga qaratadi.
2016 yillargaça bölgan naqd pul olişdagi muammolar haqida hammaning xabari bor. Çunki naqd pul böyiça maqsadli körsatkiç bor edi. «Kassa plan» deyişardi.
Hozirgi kunda pul-kredit siyosatini yuritişning eng samarali usullaridan biri bu – inflyatsion targetlaş rejimi ekanligini körsatyapti. Bugungi kunda dunyodagi 40dan ortiq davlatda pul-kredit siyosati inflatsiyani targetlaş rejimiga asoslangan. Bundan foydalanuvçilar soni yildan yilga köpayib boryapti. Xususan, Rossiya 2014 yil, Qozoğiston 2015 yil, Qirğiziston 2013 yil, Armaniston, Ukraina singari MDH davlatlari ham sönggi 5-6 yilda inflatsiyani targetlaş rejimiga ötişdi», - deya qöşimça qildi Mamarizo Nurmuratov.













