Polşa milliy banki Britaniyadan 1939 yilda Ikkinçi jahon uruşi boşlangandan keyin u yerga jönatilgan 100 tonna oltinini qaytariş böyiça katta kölamli amaliyotni yakuniga yetkazdi. Amaliyot maxfiy ravişda ötkazilgan, deb xabar berdi RMF24 naşri.

Ta'kidlanişiça, oltinni taşişga bir neça ming kişi jalb qilingan. Ulardan aksariyati bank xavfsizlik xizmati xodimlari bölgan. Oltin yombilar noyabr davomida Polşaning Varşava va Poznandagi aeroportlariga samolyotlarda yetkazilgan. Hammasi bölib 8 ta reys amalga oşirilgan.   

Foto: nbp.pl

Söngra oltin yuk maşinalarida butun Polşa böylab oltin saqlanadigan joylarga tarqatilgan. Qaytarilgan oltinning umumiy qiymati 4,2 mlrd yevroni taşkil qiladi. Angliya milliy banki oltinning bir qismini joriy hisob-kitoblar uçun qoldirgan. 

Foto: nbp.pl

Polşa oltini Angliyaga Ukraina, Ruminiya, Turkiya, Suriya, Livan va Fransiya orqali yetkazilib, u yerda 80 yil saqlangan.

Foto: nbp.pl

2019 yil iyul oyi holatiga köra, Polşaning oltin zaxirasi 228,6 tonnani taşkil qiladi. Polşa oltin zaxirasi hajmi böyiça Yevropada 11-örinni, dunyo böyiça esa 22-örinni egallaydi.