Turkmaniston prezidentining Özbekistonga amaliy taşrifi 28 noyabr kuni ikki davlat rahbarlarining uçraşuvi bilan boşlandi.
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini körib çiqdilar va ularni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildilar.

Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi strategik şeriklik darajasiga kötarilgan köp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Muzokaralar çoğida amaliy hamkorlik masalalariga, jumladan, özaro savdoni köpaytiriş, maşinasozlik, energetika, transport, qişloq xöjaligi va boşqa ustuvor tarmoqlarda qöşma loyihalarni amalga oşirişga alohida e'tibor qaratildi.
Hududlar örtasida, şuningdek, madaniy-gumanitar sohada faol aloqalarni davom ettiriş muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.

Özbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Toşkentda ötkaziladigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuvi mintaqada döstlik, yaxşi qöşniçilik va şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga xizmat qilişi xususida yakdil fikr bildirdilar.



















